Matich: "Agar Marsyal bo'lganimda, har o'yinda hech kimga pas bermay, o'zim gol urardim"
30 okt 2018 12:34
Yangiliklar
Matich: "Agar Marsyal bo'lganimda, har o'yinda hech kimga pas bermay, o'zim gol urardim"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich jamoadoshi Antoni Marsyal hqadia fikr bildirdi.
"Antoni ajoyib futbolchi. Unga ishonch kerak. Marsyal hali yosh va gol urishda davom etsa, o'ziga bo'lgan ishonchi oshadi deb o'ylayman. U Premer-liganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin. Bazida uning o'zi qanchalik kuchliligini bilmaydi deb o'ylab qolaman. Antonida MYU futbolchisiga kerak bo'ladigan hamma narsa bor. Agar to'p bilan shunday muomala qilib, tez harakatlana olganimda, hech kimga to'pni bermay, o'zim gol urgan bo'lardim.
Natija yo'q bo'lsa futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qoladi. Agar keyingi bahslarda muvaffaqiyatga erishsak, Marsyal biz uchun muhim futbolchiga aylanishi mumkin. Murabbiy bu haqida Antoni bilan suhbatlashgan, men ham shu narsalarni unga aytganman" - deydi Matich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar