Mateu Laos hakamlik faoliyatiga yakun yasadi Yangiliklar

Mateu Laos hakamlik faoliyatiga yakun yasadi

Ispaniyalik hakam Mateu Laos hakamlik faoliyatini yakunlaganini malum qildi, deb xabar berdi ESPN.

46 yoshli hakam 15 yil davomida Ispaniyaning elit divizionida ishladi. La Liganing so'nggi turidan o'rin olgan "Malorka" – "Rayo Valekano" (3:0) o'yinida har ikki jamoa futbolchilari unga sharaf koridorini tashkil qilishdi.

Laos 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarida ishlagan, shuningdek, 2021 yilgi CHempionlar Ligasi finalini boshqargan. So'nggi jahon chempionatida u 3 ta o'yinda, jumladan Argentina va Niderlandiya o'rtasidagi chorak finalda faoliyat olib bordi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика