"Match Premer" Kubogini kimlar sharhlashi malum bo'ldi
28 dek 2018 14:59
Yangiliklar
"Match Premer" Kubogini kimlar sharhlashi malum bo'ldi
Kelasi yilning 21-29 yanvar kunlari Qatarda "Match Premer" telekanali tomonidan turnir tashkil etiladi.
Musobaqada "Spartak", "Lokomotiv", "Zenit" va "Rostov" klublari ishtirok etishadi. O'yinlar Dohadagi Aspire sport kompleksi hududida bo'lib o'tadi. Kubokning umumiy sovrin jamg'armasi - 200 ming dollar.
O'yinlar taqvimi:
21 yanvar. «Spartak» — «Rostov» (22:00)
22 yanvar. «Zenit» — «Lokomotiv» (22:00)
25 yanvar. «Zenit» — «Spartak» (20:00)
25 yanvar. «Rostov» — «Lokomotiv» (23:00)
28 yanvar. «Rostov» — «Zenit» (22:00)
29 yanvar. «Spartak» — «Lokomotiv» (22:00)
Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Match telekanalining rasmiy sayti bergan malumotiga ko'ra, ushbu turnir o'yinlarini Georgiy CHerdancev, Roman Gutcayt, Denis Kazanskiy, Konstantin Genich, Dmitriy SHnyakin va Aleksandr SHmurnovlar sharhlaydi.
Fikrlar