So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Matbuot kotiblari uchun tanlov. G'oliblar malum Yangiliklar

Matbuot kotiblari uchun tanlov. G'oliblar malum

Yil boshida saytimiz oliy liga matbuot kotiblari o'rtasida tanlov elon qilgan edi.
Tanlov shartlari quyidagicha edi:
1. Oliy liga va O'zbekiston Kubogining navbatdagi uchrashuvlaridan avval jamoa bosh murabbiyi yoki futbolchilarining biri bilan o'yinga oid fikrini taqdim etish.
2. Uchrashuvning o'yin va o'yindan keyingi yakuniy qaydnomasini taqdim etish (oliy liga, O'zbekiston Kubogi, o'rinbosarlar).
3. Uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanini mp3 formatida taqdim etish.
4. Uchrashuvda to'p tepgan futbolchi bilan o'yinga oid qisqa suhbat (minimum bir kishi, maksimum 2 kishi).
5. Uchrashuvga oid eng sara 10ta surat.
6. Uchrashuvning qiziqarli holatlari aks etgan videolavha

Matbuot kotiblari butun mavsum davomida o'z klublari ishtirokidagi o'yinlarni yuqori saviyada yoritib borishga harakat qilishdi. Bazi hamkasblarimiz xatto tanlovdan tashqari yoshlar ligasi o'yinlarini ham yoritib borishgani bizni quvontirdi. Tanlov natijasida klub muxlislari va neytral ishqibozlar oliy liga bahslarining yanada kengroq va foto, videolar bilan yoritilishidan xursand bo'lishgani turgan gap.


Bazi klublar kubok bahslariga kechroq qo'shilganliklari tufayli o'yinlar sonida farq bo'ldi. Qaysidir jamoa 37ta, qaysidir jamoa 31ta o'yin o'tkazgan. Tanlovda "Buxoro" matbuot xizmati eng ko'p o'yin o'tkazdi va eng ko'p ball yig'ishga erishdi. Ikkinchi o'rinni "Bunyodkor" matbuot xizmati egalladi. "Qo'qon-1912" matbuot xizmati kuchli uchlikni yakunlab berdi. Agar ballar o'yinlar soniga bo'linganida "Qo'qon-1912" tanlov g'olibi bo'lar edi. "Mashal" va "Lokomotiv" matbuot xizmati vakillari 4 va 5-o'rinni band etishdi. Nihoyat 6-o'rinda "Navbahor" matbuot xizmati qayd etildi. Tanlovda ishtirok etgan barcha matbuot xizmati vakillariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.


G'olib va sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadilar:
1-3 - o'rinlar uchun  – TV.
4-5 - o'rinlar uchun – Smartfon.
6-o'rin uchun mobil telefon.

TANLOV G'OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI 2017 YILNING 1 FEVRAL SANASIDA O'TKAZILADI.


Oliy liga

#              

Klub

Ball              

O'yin soni      

“Buxoro”      

271

37

2

“Bunyodkor”

264

36

3

“Qo'qon-1912”    

260

35

4

“Mashal”

248

35

5

“Lokomotiv”

221

36

6

“Navbahor”

213

33

7

“Andijon”

197

35

8

“Nasaf”

147

36

9

“Qizilqum”

141

33

10

“Neftchi”

139

33

11

“So'g'diyona”

133

33

12

“SHo'rtan”

126

31

13

“Metallurg”

99

35

14

“Obod”

98

33

15

“Olmaliq”

87

33

16

“Paxtakor”

84

32


Birinchi liganing bazi klublari matbuot xizmati vakillari ham tanlovdan tashqari ishtirok etishdi. Bu albatta ushbu klub muxlislarini quvontirgani aniq. Ularga alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz.


Birinchi liga

#              

Klub

Ball              

1

“UzDongJu”              

155

2

“Zomin”

146

3

“Mashal-2”

84

4

“Oq-tepa” 

63


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика