Mata: "Siti"ga qarshi o'yindan keyin o'zimizga kela oldik"
12 jan 2020 13:15
Yangiliklar
Mata: "Siti"ga qarshi o'yindan keyin o'zimizga kela oldik"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata APLning 22-turi doirasida "Norvich" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ajoyib o'yinni o'tkazdik. "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan to'g'ri hulosa qila olganimizni barchaga namoyish qila oldik, deb o'ylayman. Bugungi o'yin davomida raqiblar ochib bergan bo'sh hududlardan unum foydalandik va o'z o'yinimizdan lazzat oldik.
Bugungi o'yin misolida aytishim mumkinki, biz doimo o'yinlar davomida birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynay olamiz. ECHL yo'llanmalari uchun ko'plab jamoalar kurashni davom ettirishmoqda. "CHelsi" ham g'alabalar yo'liga tushib oldi. SHu boisdan biz o'z natijalarimiz haqida o'ylashimiz kerak", - dedi Mata.
Qayd etish kerak, ispaniyalik futbolchi kecha 2 golga assistent bo'ldi.
Fikrlar