So’nggi yangiliklar

12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  5 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  12 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  4 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  2 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  2 09:12“Локомотив“ “Олимпик“ни ишончли тарзда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  8 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  8 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  3 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  5 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  36

Massimiliano Allegri: Bosh maqsadimiz – 6-skudetto Yangiliklar

Massimiliano Allegri: Bosh maqsadimiz – 6-skudetto

Yuventus joriy transferlar bozorida o'zgacha faollik ko'rsatyapti. Birgina Gonsalo Iguainga naq 90 million evro to'langani ko'p narsani anglatadi.

Ko'rinishidan, byankonerlar ichki arenadagi yutuqlarni endi xalqaro darajada davom ettirishni o'ylamoqdalar, chog'i. Xo'sh, jamoa ustozi Massimiliano Allegri bu borada nima deydi?

- Mana, mashg'ulotlar sekin-asta kuchaytirilmoqda. Demakki, jamoada qatiy ish rejimi va faollik yana birinchi darajali masalaga aylanib ulgurgan. SHundaymi?


- Faollik va tashabbus ko'rsatish doimo muhim sanaladi. Barchasi ishning qanday boshlanishiga bog'liq. Boshqacha aytganda, hozirgi kayfiyat butun mavsumga tasir o'tkazadi.

- Bu yil yig'inni odatdagidan 10 kun avval boshladinglar...

- Bu katta ahamiyat kasb etmaydi.  O'tgan yili mavsumni 7 iyun kuni, CHL finalidan keyin yakunlagandik. Yani futbolchilar og'ir mavsumdan so'ng 35 kun dam olishgandi. Bu safar tatil davomiyligi 40 kunga etdi. To'g'ri, o'shanda mashg'ulotga kirishganimizdan 20 kun o'tib, superkubok uchun o'yinda maydonga tushganmiz. Muhimi, shu muddat jamoani talab darajasida tayyorlashga kifoya qilgandi. Endi esa mashg'ulotlar uchun ko'proq vaqt bor. Lekin shuning barobarida terma jamoalar futbolchilarining ixtiyorimizga kechroq qo'shilishganini unutmaslik kerak.

- Xo'sh, Yuventus ketma-ket 6-marta skudetto yutishga qodirmi?

- Mavsumga qo'yilgan birinchi darajali maqsadimiz aynan skudettoga ega chiqish. SHuningdek, CHLda munosib ishtirok etishimiz shart: imkon qadar uzoq borib, yakunda kubok sohibi bo'lishga harakat qilamiz. Biroq shoshilishga hojat yo'q - 31 avgustgacha har kunlik ish asnosida omadli mavsumga tamal toshi qo'yamiz.

- Yuventusning barcha yangi azolari CHL haqida gapirishmoqda. Ehtimol, bu turnir kubogi jamoa uchun skudettodan ham muhimroqdir...


- Bir narsa aniq: CHL biz uchun Italiya chempionati, kubogi va superkubogidek o'ta ahamiyatli musobaqa. Bosh­qacha aytganda, o'zimiz ishtirok etadigan har bir turnirda g'alabani tantana qilmoqchimiz. SHuning uchun hozirgi kunda barchasini to'g'ri tashkil etishimiz shart. To'g'ri, omadga ham ehtiyojimiz bor. Ayniqsa, CHLda buningsiz muvaffaqiyat qozonishning iloji yo'q.

- Ayni payt mashg'ulotlarda ter to'kayotganlar orasida yoshlar juda ko'p. Ularda asosiy tarkibga kirish va o'zlarini ko'rsatish imkoniyati qanday?


- Bunday yoshlar uchun mashg'ulotlar jarayonining o'zi ajoyib imkoniyat. Ha, ixtiyorimizda V seriyasi va pro-ligada o'ynovchi yoshlar ko'p. Tabiiyki, yig'inlarda eng yaxshi taassurot uyg'otgan yigitlarni asosiy jamoada olib qolamiz.

- Italiya terma jamoasi Evro-2016da aynan Yuve himoyachilarining tartibli harakatlari hisobiga munosib ko'rindi. SHogirdlaringizning ayniqsa, Germaniya termasiga qarshi bahsda ko'rsatgan jonkuyarliklari bilan alohida faxrlansangiz kerak...


- SHubhalanishga asos yo'q: Yuventus himoyasi, demakki, Italiya termasi orqa chizig'i jahon futbolida eng kuchlisi. Janluiji Buffon bilan, albatta. Ha, har qanday murabbiy bunday yigitlar bilan faxr­langan bo'lardi. Axir ular maydonda eng mushkul vazifalarni ham bajarishga tayyor turishadi. Xususan, Evro-2016da chinakamiga jonbozlik ko'rsatishdi.


J.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика