Maskerano: "Falkao hali o'z darajasiga qaytadi"
26 iyu 2015 17:12
Yangiliklar
Maskerano: "Falkao hali o'z darajasiga qaytadi"
"Barselona" va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kolumbiya hujumchisi Radamel Falkao haqida fikr bildirdi.
"Men Falkao bilan bir jamoada ham, unga qarshi ham o'ynaganman. Uni yaxshi bilaman. U Kolumbiya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi. Radamel jarohatidan so'ng o'z o'yinini topa olmayapti. U JCH-2014da o'ynashni juda istagan edi, ammo bu amalga oshmadi.
Jarohatdan keyin ko'proq o'z klubida o'ynash kerak, ammo turli xil sabablarga ko'ra bu sodir bo'lmadi. Falkao jarohatdan so'ng o'zining eng yaxshi hujumchilardan biri ekanligini isbotlay olmadi. Uning qaytishiga vaqt kerak. U qaytadi, ammo Argentinaga qarshi bu sodir bo'lmaydi deb umid qilaman" - deydi Maskerano.
Fikrlar