Mashina o't olishni boshladi
24 may 2023 02:12
Yangiliklar
Ilk turda mezbonlardan uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin (aslida o'shanda ham ochkoga loyiq edik), nihoyat «kambek» evaziga dastlabki ochkoni qo'lga kiritdik. Xatolar xususida gapirmoqchi emasman, muhimi termamiz yigitlarida o'zlariga bo'lgan ishonch yuqori darajada. Xotirjamlik muhim faktor va 0-2 dan keyin yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi (bu kabi «kambek»lar o'zbek futbolida har doim ham sodir bo'lavermaydi). So'zsiz, bugungi o'yinning asosiy qahramoni terma bosh murabbiyi Ravshan Haydarov. Murabbiy amalga oshirgan o'zgarishlar bahs masalasini hal qildi. Muhimi Gvatemalaga qarshi hal qiluvchi o'yin oldidan kayfiyat yuqori darajaga chiqarib olindi. Buyog'iga darvozabonimiz o'ziga kela olsa bas, uyog'ini old chiziqdagilar amallashadi…
Po'lat Qalandar hikoya qiladi.
Fikrlar