So’nggi yangiliklar

08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  0 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  16 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  17 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2 22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  9 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  3

"Mashal"ning sobiq futbolchilari klubga omad tilashdi Yangiliklar

"Mashal"ning sobiq futbolchilari klubga omad tilashdi

Pro-liga bahslari 2-davra oldidan, "Mashal" klubining sobiq futbolchilari klubga omad tilashdi.

Jamoadan ketgan futbolchilar klubga hamon sodiq ekanliklarini yashirib o'tirishmadi.

"A Pro-ligada bahslar juda keskin o'tmoqda, sobiq jamoam "Mashal"ga ikkinchi davra oldidan omad tilayman. O'ylamanki bu safar ular Superligaga chiqishadi. Har bir bahsda men ularga omad tilayman va qo'llab quvvatlayman. Omad yor bo'lsin!", - deydi "Lokomotiv" darvozaboni Javohir Ilyosov.



"Pro-ligani kuzatib boraman albatda, hozirda "A" guruhida kurash murosasiz kechayotganidan xabarim bor. Sobiq jamoam "Mashal"da Superligaga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor va ular bu safar endi imkoniyatdan foydalanishadi degan umiddaman. "Mashal" o'zbek futboliga kerak, ularni tezroq Superligaga chiqishini xohlayman. Hamisha omad yor bo'lsin", - deydi "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Jamshid Hasanov.

"A Pro-ligada bahslar chakki emas, har holda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boraman. SHov-shuvli uchrashuvlar ham bo'lmoqda. Men "Mashal"ga ishonaman ular shu yili Superligaga qaytadi. Bu borada Muborak klubida muammo yo'q, hammasi alo darajada yo'lga qo'yilgan. Faqat jamoa bunga astoydil harakat qilishi kerak xolos", - deydi "Qizilqum" hujumchisi Vohid SHodiev.

"Bu mavsum "Mashal" yana Superligaga chiqishga juda yaqin kelmoqda. O'ylaymanki bu yil "gazchilar" bu ishni uddalashadi. Sobiq jamoamning har bir uchrashuvining natijasini kuzatib boraman. Bu yil ham jamoa o'tgan yilgisidan aslo qolishmaydigan darajada harakat qilmoqda. Bu esa klubda ishlar professional tarzda yo'lga qo'yilganidan dalolatdir. Omad tilab qolaman va ular buni qodirlar", - deydi "Andijon" azosi Abdulloh Olimov.

"Bilasizmi men "Mashal"ga kelganimda 22 yoshda edim va o'sha vaqtda jamoaning asosiy tarkibida hujumda o'ynash og'ir edi. CHunki raqobat kuchli edi. Keyinchalik jamoaning asosiy hujumchisiga aylandim, "Mashal" Superligaga chiqsa jamoaning birdaniga, o'rinbosarlar va Pro-ligada qatnashadigan ikki jamoasi yana tuziladi. Men aslida "Mashal"ning 1-ligadagi "Mashal-2" jamoasi tarkibida shakllandim. Yoshlar uchun "Mashal" bemalol tramplen vazifasini bajarib beradi", - deydi "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtozaev. 



"Bu mavsum "Mashal"ning kuchlilar safiga qo'shilishiga shaxsan o'zim umid qilayapman. Pro-ligada "gazchilar" peshqadamlardan biri bo'lib kelishmoqda. Eng hayratlanarlisi "Mashal" bu mavsumda qo'yi liganing eng yosh jamoasi bo'lib turipti. SHunday tarkib bilan ham muborakliklar peshqadamlar, ular bu safar ham juda yaqin kelishdi. SHu bois jamoaga omad tilayman va ishonamanki ular Superligaga yo'l olishadi. "Mashal" men uchun eng qadrli jamoa, har doim jamoaning bahslarini kuzatib boraman", - deydi "Dinamo" yarim himoyachisi Bobur Qosimov.

"Men nimaga erishgan bo'lsam barchasiga "Mashal" tufayli erishdim, Muborakda futbol uchun barchasi alo darajada ammo klubning qo'yi ligaga tushirilishi esa bu xato bo'ldi. Bu mavsum ham "Mashal" yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi, ular faqat yana biroz kurashishlari kerak. Yigitlarga bo'shashmang siz uddalaysiz deb omad tilab qolaman", - deydi Sanjar Quvvatov.



"Avvalo "Mashal"ga tezroq o'z joyiga qaytsin deyman, chunki "Mashal"ning joyi Superligada. Muborak xalqi ham futbolni juda sevadi. Muborakda futbol bo'ladigan kunni haqiqiy bayramdek qabul qilishadi. Yoshargan jamoaga omad tilayman, ular har narsaga qodir ekanini isbotlab bo'ldi. SHaxsan men "Mashal"ning Superligaga chiqishiga ishonaman", - deydi "Navbahor" himoyachisi Mirzohid G'ofurov.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика