"Mashal"ning qishki yig'ini raqamlarda
08 mar 2015 13:02
Yangiliklar
Yangiliklar matni
Endi bor etibor birinchi tur bahsiga qaratiladi. Ertadan jamoamiz "Navbahor"ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi va 12 mart kunidan boshlab mashg'ulotlar Namanganni o'zida davom ettiriladi.
"Mashal" qishgi yig'inni qanday o'tkazgani borasida raqamlarga yana bir bor qarab o'tamiz.
"Gazchilar" dekabr oyidan boshlangan yig'indan shu kunga qadar 20 ta nazorat bahsini o'tkazdi. Bu o'yinlar ichiga PFL kubogi bahslari ham kiritiladi. 20 ta nazorat bahsidan 12 tasida vakillarimiz g'alabaga erishgan. Besh marta yirik g'alabani nishonladi. 4 marta raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Boy berilgan barcha uchrashuvda raqiblar bilan to'plar nisbati bittani tashkil etgan. "Paxtakor" (3:2), "Olmaliq" (2:1), "Metallurg" (2:1), "Qo'qon-1912" (2:1) jamoalariga imkoniyat boy berildi. To'rt marta raqiblar bilan murosa ko'chasi tanlangan. "Lokomotiv", "Bunyodkor", "SHo'rtan", "Dinamo" bilan bir xil 2:2 hisobida durang o'ynadik.
Qishki yig'inda o'tkazilgan barcha o'yinlarda raqiblarimiz darvozasini 41 marta aniq nishonga olgan bo'lsak, 19 marta o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborildi.
"Mashal" birinchi turni 14 mart kuni safarda Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar