So’nggi yangiliklar

00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  31 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0

"Mashal"da o'ynayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan ikki og'iz suhbat Yangiliklar

"Mashal"da o'ynayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan ikki og'iz suhbat

"Mashal" transferlar oynasida vaqtida o'z tarkibiga kamerunlik Ella Ken Armanni qo'shib olganidan xabaringiz bor.

Superligada tanaffus yuzaga kelganidan foydalanib futbolchini ikki og'iz suhbatga tortdik.


- "Mashal"gacha bo'lgan faoliyatingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz?

- Xo'sh, men 6 yil davomida "Barselona"ning "La Masiya" akademiyasida shug'ullanganman. SHundan so'ng 2012-2014 yillar davomida Ukraina Premer-ligasining "Karpati" jamoasida faoliyatimni davom ettirganman. Keyinchalik 2014 yildan 2015 yilga qadar Polshaning birinchi ligasida ishtirok etuvchi klub ("Sandecya") sharafini himoya qildim. So'ngra Janubiy Afrika Premer-ligasida 6 oy to'p tepib qaytdim va 2016 yildan 2019 yilning dekabriga qadar Ukraina birinchi ligasida ("Ingulec")da o'ynadim. Hozir esa "Mashal"daman.


- "Mashal"ga o'tish qanday kechdi?

- Men faoliyatimda katta qadam tashlashni xohladim va buni amalga oshirdim. Bu narsani oilam bilan muhokama qildik va kelishga qaror qildik.


27 yoshli futbolchi 2005 yilga qadar "Samuel Eto'o akademiyasi"da, 2005-2012 yillar davomida esa "Barselona"ning "La Masiya" akademiyasida shug'ullangan va "ko'k-anorranglilar"ning turli yoshdagi jamoalarida harakat qilgan.



- "Mashal" va umuman O'zbekiston haqidagi ilk taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Meni ajoyib kutib olishgani uchun murabbiylar shtabi va klub xodimlaridan juda xursand bo'ldim. Faqatgina hozirda dunyoda bo'layotgan vaziyat ko'ngildagidek emas. Ammo menda palovni tatib ko'rish imkoni tug'ildi. Superligadagi futbol ham o'zgacha, tajovuzkor va jismoniy jihatdan ko'p kuch talab qiladi. Ammo, jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Bu erga ko'nikishim yaxshi ketyapti.


- Afsuski, koronavirus tufayli futbol o'yinlari to'xtab qolgan. Hozirda qaerdasiz va futbolsiz nimalar bilan shug'ullanmoqdasiz?

- Hozir Muborakdaman. Karantin qoidalariga rioya qilgan holda, mustaqil mashqlarni davom ettirmoqdaman. Bu murakkab vaziyat, ammo biz barcha berilgan ko'rsatmalarga rioya qilishimiz lozim. Virusni mag'lub eta olamiz va hammasi iziga tushib ketadi.

Yana shuni qo'shimcha qilishim kerakki, albatta futbolsiz juda qiyin va bu kishini xafa qiladi, ammo sog'liqdan ko'ra muhim narsa yo'q.


Transfer narxi 100 ming evroga teng futbolchi Kamerunning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida 8ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urishga erishgan.


- So'nggi savol, siz uchun Kamerun tarixidagi eng kuchli 3 futbolchi kim?

- Roje Milla, Patrik Mboma va Samuel Eto'o.


Alisher Ostonov suhbatlashdi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика