So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Mashal": Yangi mavsumga yangi maqsadlar bilan Yangiliklar

"Mashal": Yangi mavsumga yangi maqsadlar bilan

Yana bir necha kundan so'ng intiqib kutilgan Oliy liga bahslariga ham start beriladi.
"Mashal" birinchi turni safarda Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'tkazadi. 14 mart kuni bo'lib o'tadigan  bahsga "gazchilar" jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

"Mashal" bu mavsum o'z oldiga eng yuqori marrani qo'yadi va shu maqsadda har bir uchrashuvga maydonga tushadi.

Bu mavsum "Mashal" rasmiy sayti orqali har bir uchrashuvdan onlayn matnli  translyaciyani o'qib , fotolarni tezkor tarzda tomosha qilib borasiz.  Undan tashqari uchrashuvlarning eng esda qolarli lahzalarini videosharxini tomosha qilasiz.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida har bir ijtimoiy saytlarda klubning rasmiy sahifalari ochilgan. Bu sahifalarga azo bo'lish orqali biz bilan yanada yaqin bo'lasiz.

Har bir yoshlar ligasi, asosiy tarkib bahsi, birinchi liga o'yinlaridan eng tezkor xabarlarni tvitterdagi rasmiy sahifamiz "@fcmashal_uz" orqali kuzatib borasiz. Undan tashqari rasmiy saytimiz "FCMASHAL.UZ" ning  "INTERAKTIV" bo'limi orqali ham bahslarni saytimizdan to'g'ridan - to'gri o'qib borasiz. Saytimizning "CHEMPIONAT" bo'limlari orqali turnir jadvali va har bir o'yin natijalari berib boriladi.

"FACEBOOK" dagi " Fc Mashal" rasmiy sahifasida klubga aloqador barcha rasmiy malumotlar sizga etkazib boriladi.  ONDOKLASSNIKI.RU ijtimoiy tarmog'ida klub "Mash'al F.C (MUBAREK)" nomli o'z guruhiga ega va bu guruhda klubga aloqador xabarlar qo'yib boriladi.

2015 yil uchun "Mashal" yangi futbolchilar bilan taqdimotni o'z uy uchrashuvi oldidan Muborakda o'tkazadi. Bu haqida alohida xabar berib o'tamiz.

Yangi mavsumga jamoamiz yangi maqsadlar bilan yo'lga chiqmoqda. Oldinda bizni juda ham qiziqarli mavsum kutib turibdi. Muxlislarni stadionga chorlaymiz, zero muxlislar ishonchi "Mashal" uchun eng muhimi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика