So’nggi yangiliklar

02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  0 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  0 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  1 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  7 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   3 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  3 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2 21:30БАА. Азизбек Ғаниевнинг голи туфайли "Ал Батеҳ" 3 очкони қўлга киритди  7 21:03Педру Морейра "Пахтакор"ни тарк этди  61 20:54Дани Алвес медиалига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  2 20:38"Европа Лигаси ғолиби ЕЧЛ йўлланмасига эга бўлмаслиги керак" — Арсен Венгер  11 20:13Мирко Йеличич: "Ўзбекистонда "тоза" ва техник футбол намойиш этишмаётганидан хафаман"  3 19:59Кейн уддалади, улар эса йўқ. Ҳеч қандай совринсиз қолган олти юлдуз (мутолаа учун)  7

"Mashal" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Mashal" yangi futbolchilarni tanishtirdi

18 mart kuni Muborak shahridagi "Muborakneftgaz"ga qarashli zalda "Mashal" klubi yangi mavsum oldidan yangi olingan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Tadbirni klub direktori Ilhom Qurbonov ochib berdi. “Barchani yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Dastlabki turda “Navbahor” klubi mag'lub etilgani bilan muxlislarimizni tabriklayman. Tadbirimiz bir nechta qismdan iborat bo'ladi. Barchamiz bir bo'lim bugungi tadbirni chiroyli o'tkazishga harakat qiladi”.



“2015 yil Keksalarni ezozlash yili" davlat dasturi doirasida “Mashal” klubi jamoada faoliyat olib borayotgan Ahmad Rustamov, Abdusayl Umurzoqov, Nasrullo Qadimov, SHerqul Utaboev, To'ra SHaymardonov va Grigoriy Kolosovskiy kabi keksa ishchi-xodimlarga esdalik sovg'alar topshirildi.



Tadbirdga bir qator mehmonlar ham tashrif buyurishdi. Respublika milliy g'oya va mafkura ilmiy amaliy markazi rahbari o'rinbosari To'raev SHavkat Nishonovich, O'zbekfilm kinostudiyasi aktyori Egamberdi Rahimov, Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatri aktyori Umid SHodmonov, Viloyat manaviyat targ'ibot markazi rahbari Lola Soadatova ishtirok etishdi.





Tanishtiruv marosimi davomida muxlislar va OAV vakillari tomonidan rahbariyat hamda bosh murabbiy o'rtasida savol-javoblar bo'lib o'tdi.

- “Mashal” oldiga bu yil qanday maqsad qo'yilgan?
SHermat SHamsiev:
- Biz doim yuksak marralarni ko'zlaymiz. “Mashal” oldiga bu mavsum sovrinli o'rinlarni egallash va Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olish maqsad qilib qo'yildi. Muborak xalqi Osiyo klublari ishtirokidagi o'yinlarni sog'inib qolgan.



- Klubga ikkita korxona homiy sifatida biriktirilgan. Bu korxonalarning “Mashal” klubiga bo'lgan etibor qanday?
SHermat SHamsiev: - Yurtimizga futbolga bo'lgan etibor yildan-yilga kuchayib bormoqda. Klub infrastrukturasini kuchaytirish uchun yoshlar futboliga etibor ancha kuchaytirilmoqda. Suniy maydonlar qurilmoqda. 2015-2020 yillar uchun dasturlarimiz mavjud. Bu dasturlarni amalga oshirish uchun Muborak neft-gaz korxonasi va Muborak neftni qayta ishlash korxonalari klubga yordam berib boradi.

- Yangi xarid qilingan legionerlardan bosh murabbiyning ko'ngli to'lmoqdami? Ularga ishonch bormi?

Aleksandr Xomyakov: - Albatta, biz barcha legionerlarni sinovdan o'tkazib tarkibga qo'shib olganmiz. SHu bois bugungi kundagi tarkibdan ko'nglim to'lmoqda. Legionerlar mavsum davomida o'zlarini ko'rsatishga urinishadi.



- Jamoa oldiga sovrinli o'rinlarni qo'yildi. Lekin oliy ligada “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Lokomotiv” kabi kuchli klublar bor. Nimaning evaziga “Mashal” kuchli uchlikka kirishi mumkin?

Aleksandr Xomyakov: - Albatta sanab o'tilgan klublar juda kuchli hisoblanadi. Lekin biz ham kuchsiz emasmiz. Jamoaviy ruh hisobiga har qanday raqibni engish mumkin. Agar yigitlar bor kuchlari bilan o'ynay olishsa vazifani bajarsa bo'ladi.

- Klub muxlislar klubining safar o'yinlariga olib borish masalasi bu yil ijobiy hal etiladimi?
- Albatta, muxlislar jamoaning 12-o'yinchisi hisoblanadi. Ular 90 daqiqa davomida tinmay qo'llab turishsa futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi. Xudo xohlasa bu yil transport masalasi hal bo'ladi.

- Jamoaga OCHLga chiqish vazifasi qo'yildi. Agar “Mashal” bu yo'llanmaga ega chiqsa klub OFKning talablarini bajara oladimi?

- Stadionimiz 2 oydan so'ng OFKning qo'ygan talablari uchun mos bo'ladi. Unda vip zona, media tribuna, media zona va boshqalar bo'lishi kerak. Mehmonxona masalasi bo'yicha OFK talabiga ko'ra mehmonxona va aeroport stadiondan maksimum 100 km uzoqlikda bo'lishi kerak. Buxoro 92, Qarshi esa 72 km masofada. SHu bois bu borada hech qanday muammo bo'lmaydi.



- O'zbekistonda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash olib borilmoqda. O'FF prezidenti ham bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tdilar. “Mashal” nima uchun o'z maydonida “Bunyodkor”ga, “Paxtakor”ga yutqazib qo'yadi. Jamoa kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmasligiga kafolat berasizlarmi?

Ilhom Qurbonov: - Jamoa hech qachon bunday o'yinlarda qatnashmagan, bundan keyin ham qatnashmaydi. Yutqazsak tan olamiz, yutsak faxrlanamiz.

Aleksandr Xomyakov
: - Futbol bu jamoaviy o'yin, mag'lub bo'layapmizmi demak ular bizdan kuchli ekan. Sportda omad ham kerak. Agar bu yil shu jamoalarni mag'lub etsak g'alabasini sizga bag'ishlaymiz. Rahbariyat tomonidan hech qanday bosim his qilayotganim yo'q. Faqat masuliyat bosimi bo'lishi mumkin xolos.

Savol-javobdan so'ng jamoaga yangi kelgan futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi.





“Neftchi”dan olingan himoyachi Iqbol Boboxonov “Mashal” jamoasida 4-raqamda o'ynaydi. Jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jahongir Jiyamurodov qadrdon klubida 7-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. “Buxoro”dan olingan hujumchi Firdavs Asadovga 11-raqam topshirildi. Abdulla Nabievga 17-raqam nasib qildi. Belorussiyalik legioner Nikita Bukatkin esa muborakliklar safida 55-raqamda o'ynaydi. Rossiyalik hujumchi Vladislav Ivanov jamoa safida 27-raqamda harakat qiladi.



“Mashal” yangi mavsumda Belgiyaning “Patrick” kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Futbolchilar aynan shu kompaniya tomonidan tikilgan formalarda o'ynaydi. Jamoaning uy libosi qora-ko'k, safar libosi oq va ko'k, uchinchi libosi esa sariq va ko'k ranglardan iborat bo'ldi.



Tadbir so'nggida jamoa sardori Zohir Qo'ziboev va SHerzod Fayziev klub prezidenti SHermat SHamsiev va Muborak Neft va gazni qayta ishlash zavodi rahbari Elmurod Qurbonovga “Mashal” klubining ramziy formalari taqdim etildi.


Narzulla Saydullaev Muborak shahridan
foto: Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика