"Mashal" O'zbekneftegazdan chiqarildimi?
20 iyu 2021 19:59
Yangiliklar
"Mashal" O'zbekneftegazdan chiqarildimi?
So'nggi paytlarda klublarimizning homiylari o'zgarishi holatlariga ko'p duch kelmoqdamiz.
Avvalroq "SHo'rtan" klubining mana shunday muammoga uchragani haqida klub bosh menejeri SHamil Yarulin saytimizga bergan intervyusida aytib o'tgandi.
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra Muborakning "Mashal" jamoasi O'zbekneftegaz AJ bosh homiyligidan chiqarilib hokimiyat balansiga o'tkazilgan. Biz bu borada aniq malumot olish maqsadida "Mashal" bosh direktori Ilhom Qurbonov bilan bog'landik.
"Sizga bu borada hech qanday malumot bera olmayman. Bizga ushbu masalada malumot kelmadi",- deydi Ilhom Qurbonov.
Fikrlar