"Mashal": Oldimizda "So'g'diyona"ga qarshi kubok bahsi
17 may 2016 14:09
Yangiliklar
"Mashal": Oldimizda "So'g'diyona"ga qarshi kubok bahsi
"Mashal" navbatdagi uchrashuvini O'zbekiston kubogi 1/8 final javob o'yinida o'tkazadi.
Bu o'yin Jizzaxda mahalliy "Sog'diyona" klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Davron Fayziev jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuv 21 may kuniga belgilangan. Bu o'yinga Aleksandr Xomyakov shogirdlarini jiddiy tayyorlamoqda. Bugundan jamoa mashg'ulotlarga kirishdi. Hozirda jarohatdan so'ng safga qaytgan himoyachimiz G'iyosjon Komilov ham umumiy guruhga qaytdi. Komilov "So'g'diyona" bilan chempionat uchrashuvidan jarohat olib safdan chiqqan edi va aynan shu jamoaga qarshi kubok bahsida endi maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining Muborakdagi 1/8 final birinchi uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etilgan edi. Javob o'yini endi 21 may kuni Jizzaxdagi "So'g'diyona" o'yingohida 18:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar