"Mashal" muxlislari diqqatiga
05 iyu 2015 16:28
Yangiliklar


"Mashal" muxlislari diqqatiga
"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turini o'z maydonida "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazadi.
Voha derbisi maqomida o'tuvchi mazkur bahs ertaga 18:30 da start oladi. Bu o'yinga tashrif buyuruvchi muxlislar uchun endi stadionda qulayliklar yaratib beriladi. O'tgan turdan boshlab uchrashuvga kirish uchun chiqarilgan chipta narxlari arzonlashtirilgan edi. Unga ko'ra endi birinchi va ikkinchi sektorlarga kirish narxi 3000 so'mdan bo'lsa, qolgan barcha sektorlar uchun 2000 so'mdan bo'ladi. Undan tashqari 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga kirish 500 so'mdan etib belgilandi. Muxlislar endi chiptalarni nafaqat naqd pul , balki stadion kassalaridan plastik kartochkalar orqali ham bemmalol xarid qilishlari mumkin. Stadion kassalariga o'rnatilgan terminal orqali o'zingizga kerak bo'lgan chiptalarni hech qanday muammosiz xarid qilib olasiz.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "SHo'rtan" uchrashuvi ertaga 18:30 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "SHo'rtan" uchrashuvi ertaga 18:30 da start oladi.

Fikrlar