"Mashal" murabbiylar shtabida yangilar
10 dek 2013 15:23
Yangiliklar

"Mashal" murabbiylar shtabida yangilar
Muborakning "Mashal" jamoasi murabbiylar shtabida yangilar ish boshladi.
Gap shundaki, yaqinda "Astana" taklifini qabul qilgan Marat Miftaxuddinov o'rniga Jamshid Saidov keldi. Bu murabbiy shu kunga qadar asosan "Buxoro"da ishlab kelayotgandi. Joriy mavsumda Tachmurod Agamurodovga yaqindan yordam bergan Saidov mavsum poyoniga etgach, istefoga chiqarilgandi. Lekin shunga qaramay, yosh murabbiy ko'p vaqt ishsiz qolmadi va uni gazchilar yordamchi murabbiylikka taklif etdi. Demak, Saidov kelasi yil bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yaqindan ko'maklashadigan bo'ldi.
SHuningdek birinchi liga vakili bo'lmish Kosonning "Alanga" jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Andaev ham kelgusi mavsumda jamoa murabbiylar shtabida ishlaydigan bo'ldi. Aslini olganda, Andaev jamoa uchun begona emas. Sababi ushbu murabbiy ilgari ham "Mashal"da ishlagandi. Gazchilar oliy ligaga chiqqach, yoshlar jamoasi aynan unga topshirildi. Aytish kerakki, o'rinbosarlar yig'inga 12 dekabrdan kirishadi.

Fikrlar