“Mashal” ham mashg'ulotlarni boshladi. Barcha xursand
03 iyu 2020 11:41
Yangiliklar


“Mashal” ham mashg'ulotlarni boshladi. Barcha xursand
Karantin tufayli ikki oydan ko'proq vaqtni uyda o'tkazgan futbolchilarimiz bugundan klub qarorgohiga yig'ilishdi.
Dilyaver Vaniev boshchiligidagi “Mashal” jamoasi bugundan o'z mashg'ulotlarini boshladi. Mashg'ulotlarda asosan futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklashga ko'proq urg'u berildi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" jamoasi yig'in o'tkazishdan avval Qarshi shahridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari tomonidan Covid-19ga test tahlillarini topshirishdi va hech kimda koronavirus infekciyasi aniqlanmadi.
Malumot uchun, "Mashal" Superliganing 4-turini Termizda "Surxon"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 15 iyun kuni soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar