"Mashal" futbolchilari o'yin qoidalari bo'yicha seminarda qatnashdi
05 mar 2015 19:11
Yangiliklar


"Mashal" futbolchilari o'yin qoidalari bo'yicha seminarda qatnashdi
Bugun Yangierda "Mashal" klubi futbolchilari o'yin qoidalari bo'yicha seminarda ishtirok etdi.
PFL har mavsum avvalida Oliy liga klublariga o'yin qoidalari va o'zgarishlar to'g'risida seminar tashkil etadi. "Gazchilar" uchun tashkillashtirilgan yig'ilishni O'zbekiston hakamlar qo'mitasi vakili Bobur Haydarov olib bordi. Seminarda PFL vakili o'yin qoidalari bo'yicha kiritilgan yangi qoidalar va o'zgarishlarni aytib o'tdi. Bu vaziyatlar ekran orqali tahlil qilinib, mavsum oldidan qoidalar bo'yicha tushunchalar etkazildi. Bahsli vaziyatlar har ikki tomon qarashi bilan o'rganilib, FIFA reglamenti bo'yicha baholandi. Bu yig'ilishda "Mashal"ning barcha futbolchi va murabbiylari ishtirok etdi.

Fikrlar