"Mashal" futbolchilari "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga kelmaydimi?

Narzulla Saydullayev
2 sen 2014, 14:22
Bugundan boshlab Muborakning "Mashal" klubi Yangiyerda yig'inni boshlashi haqida klub rasmiy sayti xabar berib o'tgan edi.
Biroz vaqt oldin klub rasmiy tvitter sahifasida bugundan boshlanajak yig'in biroz kechiktirilgani borasida xabar berib o'tildi.

"Asosiy tarkib jamoamiz bugundan boshlanishi kerak bo'lgan mashg'ulotlarni bazi sabablarga ko'ra to'xtatib turadi", - deyiladi ushbu xabarda. Ma'lumotda nima uchun jamoa yig'in kechiktirilgani borasida xabar berilmadi. Rasmiy saytda ham, tvittyerdagi sahifasida ham bu borada aniq ma'lumot tarqatilmagan.

Ushbu xabarni aniqlash uchun klub matbuot xazmati bilan bog'langanimizda ushbu yig'in nima uchun boshlanmagani haqida ma'lumot berishni istamadi.

Xabarni aniqlashtirish uchun klub futbolchilar bilan bog'langanimizda jamoa yig'iniga borishni istamagani haqida aytib o'tdi. Bugundan boshlanishi kerak bo'lgan yig'inga bironta futbolchi tashrif buyurmagan. Buning sabablarini futbolchilar ham ma'lum qilmagan. Klub futbolchilarini ma'lum qilishicha 5 sentyabrda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga ham tashrif buyurishni istamaydi.

Bularni sababi haqida umuman ma'lumot aytib o'tilmagan. Bu borada klubdan rasmiy ma'lumotni kutib qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia