"Mashal": Bahrom Vafoev xotira turniri. 1-tur yakunlandi
07 okt 2015 10:50
Yangiliklar


"Mashal": Bahrom Vafoev xotira turniri. 1-tur yakunlandi
Avval xabar berib o'tganimizdek sport majmuamizda bo'lib o'tayotgan turnirda 8 jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishdi.
Turnir oldidan tashkilotchilar tomonidan ochilish marosimi ham tashkil etildi. Barcha jamoalar stadionga saf tortgan holda O'zbekiston madhiyasi bilan jamoa sardorlari turnir bayrog'ini baland ko'tardi. Turnir tashkilotchilaridan bo'lgan futbol faxriysi Komil Yomg'irov marhum Bahrom Vafoev va turnir haqida tanishtirib qatnashchilarni qutladi. SHundan keyin bahslarga ham start berildi. Birinchi kun uchun belgilangan tur o'yinlari qiziqarli o'tdi. Uchta o'yinda yirik hisob qayd etildi. "Mashal", "Nasaf" , "SHo'rtan" va "Yangier" jamoalari g'alaba bilan boshladi.
Birinchi tur natijalari bilan tanishing.
"A" guruhi.
"Mashal" - "Kasbi-BO'FM" 6:0
"Buxoro" - "SHo'rtan" 1:4
"B" guruhi.
"CHiroqchi-BO'FM" - "Nasaf" 0:7
"Binokor" - "Yangier" 1:2
Bugun turnirning ikkinchi tur bahslari ham bo'lib o'tadi. Turnir natijalari bilan tanishtirib boramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar