

Jamoamizning doimiy a'zolari bo'lgan futbolchilar, Shaxzod Shaymanov va AvazAgalievlar yaqinda Mashal bilan shartnomalarini uzaytirishdi. Agaliev bir yil va Shaymanov esa yana ikki yil mobaynida mavsumni Gazchilar liboslari ostida o'tkazishadi. Har ikkala futbolchilar jamoamizning tezkor va anchagina faol a'zolaridir.Shularni hisobga olgan holda rahbariyat ikki yetakchi vakillarimiz bilan uzaytirilgan kelishuvlarni imzoladi.
Eslatib o'tamiz Mashal bunga qadar darvozabon Botir Nosirov va jamoa hujumchisiZohir Qo'ziboevlar bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirgandi.



