So’nggi yangiliklar

18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  7 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  12 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  4

Mashal-2 safarda g'alaba qozondi Yangiliklar

Mashal-2 safarda g'alaba qozondi

Kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga bahslari bo'lib o'tdi.

Birinchi ligada ishtirok etib kelayotgan  "Mashal-2" safarda G'allaorol jamoasi bilan bahs bordi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.


O'yinning 21 daqiqasida, Muhriddin Rizvonov yaratilgan qulay vaziyatdan unumli foydalanib, raqib darvozasini aniq nishonga olgan xolda uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Tanaffusdan keyin tabiiyki maydon egalari hujumkorlikni oshirishdi, ko'pgina vaziyatlarda jamoamizga omad etishmadi. Bahsning 60 daqiqasida muborakliklar penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Biroq 11 metrlik jarima to'pinidan iqtidorli hujumchi Bobur Farhodov raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilaolmadi.

So'nggi daqiqalargacha bahs qizg'in va murosasiz kechsada hisob o'zgarmadi. SHu tariqa Mashal-2 safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Muxlislar yaxshi eslashsa kerak, g'allaorolliklar joriy yilgi chempionatda avvaliga o'z maydonida Andijon keyinchalik “Cementchi” bilan bo'lgan uchrashuvda durang qayd etib, ko'pchilikni hayron qoldirgandi. Boisi ular chempionat peshqadamlaridan muhim bir ochkoni tortib olishga muvaffaq bo'lgandi. SHuning uchun aytish mumkinki, yosh “Gazchilar”ning safardan g'alaba bilan qaytishi tahsinga loyiq.

Umid qilamizki, keyingi turlarda ham Diyor Mirzaboev boshqaruvidagi jamoamiz o'zini ko'rsatadi.


"Mashal-2" jamoasi matbuot xizmati Bunyod Andaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика