So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Marufjon Abdisolomov: “Ashurmatov o'z ishini davom ettiradi” Yangiliklar

Marufjon Abdisolomov: “Ashurmatov o'z ishini davom ettiradi”

Oxirgi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda va ishqibozlar orasida “Andijon” jamoasiga oid turli xil gap-so'zlar paydo bo'la boshladi.

Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning istefoga chiqishi va uning o'rniga qaysi murabbiyning taklif etilishi borasidagi xabarlar deyarli kun mavzusiga aylandi. SHu kabi jumboqlarga javob topish maqsadida “Andijon” klubi vice-prezidenti, bosh direktori Marufjon Abdisolomovga murojaat qildik.

- So'nggi paytlarda Baxtiyor Ashurmatovning jamoamizdan ketkani xususidagi xabarlarga qisqacha javobim  shuki, bosh murabbiy jamoada qolib o'z ishini davom ettirmoqda. To'g'ri, malum sabablarga ko'ra, Baxtiyor Azamovich jamoa bilan birga bo'la olmadi. Bu klubning ichki siri hisoblanadi. “Olmaliq”qa qarshi uchrashuvga jamoani Ashurmatovning o'zi maydonga olib tushadi. Murabbiylar shtabida ayrim o'zgarishlarga qo'l urdik. Bungacha bosh murabbiyga yaqindan yordam berib kelgan Zohid Nurmatov, SHuhrat Maqsudov va Kamol Jo'nashev o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi. Ular endilikda faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettiradigan bo'ldi. SHu bois kelgusida Ashurmatovga mahalliy murabbiylarimiz ko'maklashadigan bo'lmoqda. Bungacha yoshlar jamoamizga ustozlik qilib kelgan Vitaliy Legay endi asosiy jamoa murabbiylar shtabida ishlaydi. Qolaversa hozir bu borada yana boshqa nomzodlarni ko'rib chiqmoqdamiz. Bosh murabbiy bilan o'zaro maslahatlashgan xolda, andijonlik iqtidorli murabbiylar Baxtiyor Azamovichning yonida yurib, tajribasini oshirib boradi degan fikrga bordik.  

- Orif Mamatkazinning “Andijon”ga bosh murabbiy etib tayinlangani mish-mishdan boshqa narsa emas. Bilmadim, jurnalistlar bu malumotni qaerdan oldi ekan. Orif Ismoilovich katta tajribaga ega mutaxassis. Bugungi kunda u “Andijanka” ayollar jamoasini juda yaxshi boshqarib bormoqda va uning olib borayotgan faoliyatidan to'liq qoniqish xosil qilmoqdamiz.

- Oldimizda  birinchi davradan o'rin olgan juda muhim va shu bilan birga qiyin o'yinlar turibdi. Nasib qilsa ijobiy natijaga erishib, quyi pog'onalardan chiqib ketamiz – deya vaziyatga izoh berib o'tdi Marufjon Jamoldinovich.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика