Martino Levandovskini sotib olishni so'rayapti
31 okt 2013 16:04
Yangiliklar


Martino Levandovskini sotib olishni so'rayapti
“Barselona” transfer maqsadlari bo'yicha yakuniy qarorga keldi, deb xabar beradi sport.es.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xerardo Martino, kelasi yozda himoyachi emas balki markaziy hujumchi sotib olishga qaror qildi. Xabarlarga ko'ra, “Barsa”ning transfer nishoni “Borussiya” va Polsha terma jamoasi o'yinchisi Robert Levandovskiga qaratilgan.
Ushbu mavsumda polshalik futbolchi Germaniya chempionatida 10 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar