Martino: "2:0 hisobida g'alaba qozona turib durang qayd etish - Argentina terma jamoasi uchun sharmandalik"
14 iyu 2015 09:28
Yangiliklar


Martino: "2:0 hisobida g'alaba qozona turib durang qayd etish - Argentina terma jamoasi uchun sharmandalik"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino Paragvayga qarshi o'tgan o'yin haqida fikr bildirdi.
Argentinaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonayotib, raqibga hisobni tenglashtirish uchun imkon berdi.
"Biz birinchi bo'limda ustunlikka ega bo'ldik. O'yin taqdiri muddatidan avval hal etish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo keyin xatolar boshlandi. SHogirdlarim yaxshi harakat qildi. Ammo ikkita gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan boy berganimiz Argentina terma jamoasi uchun sharmandalik" - deydi Martino

Fikrlar