Martines: "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatda hakamni aybdor qilmoqchi emasman, ammo u xato qildi"
01 dek 2014 14:44
Yangiliklar


Martines: "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatda hakamni aybdor qilmoqchi emasman, ammo u xato qildi"
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martines o'z jamoasining Premer-liga 13-turida "Tottenxem"dan uchragan mag'lubiyatiga izoh berdi.
Mutaxassisning fikricha, so'nggi daqiqalarda "Tottenxem" futbolchisi Federiko Fasio qo'li bilan o'ynagani uchun uchrashuv hakami Maykl Oliver penalti belgilashi kerak edi.
"Bizning mag'lubiyatlarda hech qachon hakamni ayblashni istamayman, hakamlik xatolari - o'yinning bir qismi. Ammo bu haqqoniy penalti edi, Fasio ko'zini yumganida, to'p uning qo'liga tegadi. Futbolchining qo'li notabiiy holatda edi. Agar to'p ko'krakka tekkanida hech qanday muammo yo'q bo'lardi, ammo u qo'lga tegdi, demak penalti. Maykl Oliver yaxshi hakam. Bu mavsumda haqli ochkolarimizni qo'lga kiritmayapmiz" - deydi Martines.

Fikrlar