Martines: "Anri buyuk murabbiy bo'ladi"
13 okt 2018 12:15
Yangiliklar
Martines: "Anri buyuk murabbiy bo'ladi"
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines uning yordamchisi Terri Anri milliy jamoadan ketishi haqidagi yangilikka izoh berdi.
Oldinroq, Anri 13 oktyabr kuni terma jamoani tark etishi va 15 oktyabrda "Monako" ustozi sifatida tanishtirilishi elon qilingan edi.
"Anri ketadi? OAV bu haqida mendan yaxshi biladi. Bu malumotni tasdiqlay olmayman, ammo Anri bir kun kelib bizni tark etishini tushunib turibman. Bu shanbada, bir haftadan keyin yoki yarim yildan keyin bo'lishiga tayyor turishimiz kerak. Terri o'z tajribasini baham ko'rdi va ketishga qaror qilsa, uni qo'llab-quvvatlaymiz.
Anri buyuk murabbiy bo'lishi mumkin. Yo'q, mumkin emas, aniq" - deydi Martines.
Fikrlar