So’nggi yangiliklar

17:06"Реал" ТВдан сўнг Анчелотти Симеонега жавоб берди  9 16:50АПЛ. "Ньюкасл" - "Борнмут" ўйини учун таркиблар маълум бўлди  0 16:17Холанднинг "Сити" билан шартномаси - футбол тарихидаги энг йириги  2 15:32"Реал" ТВ Симеоненинг ҳакамлик ҳақидаги сўзларига жавоб қайтарди  21 14:35Флик "Реал" - "Сельта" баҳси ҳақида: "Ҳеч қачон ҳакамлар ҳақида фикр билдирмайман"  11 14:11Перес "Реал" президентлиги учун номзод сифатида тасдиқланди. Кун охиригача рақобатчилар пайдо бўлмаса сайлов ўтказилмайди  0 13:37Эрон Суперкубоги учун баҳсда Ўрунов жамоаси мағлуб бўлди  0 12:54"Барселона" футболчиси 5 ойдан сўнг сафга қайтди  2 12:34Абдуқодир Ҳусановнинг "Энергетик БГУ"даги устози: "Унинг "Сити"даги рақобатчиларига ҳавас қилмайман"  25 11:50"Насаф"га ўтаётган Черан ва Хебай учрашишди  12 11:22"Бавария" ва Дэвис 4 йиллик янги шартнома бўйича келишувга эришишга яқин  3 11:00Бугун Пеп Гвардиола таваллуд топган кун. Мураббийнинг ҳаётий сабоқларини ўқинг  7 10:43Холанднинг янги шартномасида иккита клубга кетиши мумкинлиги ҳақидаги банд бор  9 10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  2 09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  6

Martines – A Seriyaning yangi to'purari. Argentinalikka jamoadoshlari va raqobatchilarning kuchsizlanishi yordam bermoqda Yangiliklar

Martines – A Seriyaning yangi to'purari. Argentinalikka jamoadoshlari va raqobatchilarning kuchsizlanishi yordam bermoqda

Qolganlar turli muammolarni engib o'tishi talab qilinadi.

Dushan Vlaxovich – "sirli tulpor"

Serbiyalikning "keksa sinora"dagi adaptaciyasi cho'zilib ketdi – "Fiorentina"dan "Yuventus"ga u A Seriyaning eng yaxshi to'purarlaridan biri sifatida o'tgandi. 21/22-yilgi mavsumning qolgan qismini yangi kollektivga qo'shilish uchun ketgan vaqtga yo'yishdi. Yangi mavsumda vaziyat u qadar osonlashmadi – Dushan jarohat sabab ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi, maydonga tushgan chempionatning 27 uchrashuvida esa bor yo'g'i 10 ta gol urdi.


Yozda Romelu Lukakuni Turinga olib kelish uchun Vlaxovichni "CHelsi"ga berib yuborishlari mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq tomonlar detallarni kelisha olishmadi – turinliklar futbolchisi uchun qo'shimchasiga pul ham talab qildi. Hozircha bu kelishuvdan aynan italiyaliklar yutgan, deyish mumkin. Bu mavsum "Yuventus"ni Allegri-Manyanelli menejerlar juftligi boshqarmoqda – ularning ikkinchisi klubga yozda keldi va "byankoneri" to'liqligicha "3-5-2" sxemasiga o'tishdi. Hujumning oldingi chizig'ida esa Keza-Vlaxovich juftligi yuzaga keldi. Federiko bungacha ko'proq lateral sifatida, qanotga yaqinroq zonada harakat qilardi. Biroq endiilikda ular birgalikda turinliklarning 12 ta golidan 8 tasiga mualliflik qilishdi.

Serbiyalik iqtidor Allegri talablarini to'liq tushunib, klubga moslashib bo'ldimi va shunday tempda davom etadimi hozircha aytish qiyin – ammo hujumchi o'sha "Fiorentina"da 20 ta gol urgandi, demak, taxminiy mo'ljal aniq.


Osimxenga janjallar halaqit qilyapti

"Viktor o'tgan yilgi natijani takrorlay oladimi?", degan savolda ammolar juda ko'p. Neapolliklarning o'yini ham o'tgan mavsumdagidek emas. Rudi Garsiya qo'l ostida nigeriyalik strayker yanada ko'proq erkinlikka ega bo'ldi – tana tuzilishidan foydalanib, u ikkinchi qavatdagi kurashlarda faol, chempionlarning yangi ustozi uchun bu muhim hislat hisoblanadi. Lekin "Napoli"ning hujumi soddalashgani tufayli boshqa etakchilarning kuchli jihatlari yuzaga chiqishi qiyinlashdi – o'sha Xvicha uchun ham vaziyat ancha qiyinlashgan (unga bo'sh zonalar yaratib bera olishmayapti).


Futbolchi va klub o'rtasidagi munosabatlar buzilgan. Klub matbuot xizmati "TikTok"dagi sahifasiga Viktorning omadsiz penaltisi aks etgan videoni yukladi. Xazil o'xshamadi – nigeriyalikning agentlari esa klubga sudga berish bilan tahdid qilishdi. Futbolchi neapolliklar ijtimoyi tarmoqlari bilan shug'ullanadigan jamoadan kechirim so'rashini kutmoqda – SMM-menejer futbolchidan kechirim so'rab ulgurdi.

Vaziyat butun jamoaga tasir qilmoqda – Osimxen "Udineze" bilan o'yindan avval. Biroq... Uchrashudva gol urishga erishgan Viktor uni jamoa davrasida nishonladi. A Seriya doirasida 4 ta gol mavjud. Buyog'iga natija qanday bo'lishi mojaroning nima qanday yakunlanishiga bevosita bog'liq.


To'purarlar poygasida eng yaxshi vaziyat Lautaro Martinesda

Lautaroning o'zi ajoyib sport formasida va stabil o'yin ko'rsatmoqda. O'tgan ikki mavsumda argentinalik 21 tadan gol urgan va oxirgi 4 mavsum kamida 20 ta samarali harakati bilan maqtana oladi.

Qo'shimchasiga, "Inter" titul uchun kurashga qaytmoqda – vaholanki Onana va Lukaku ketgach, bunga ishonish qiyin bo'lgandi. "Neradzurri" transfer bozorida yaxshi ish olib borishdi va kerakli zonalarga yangi futbolchilar olib keldi. Qiziq tomoni buning uchun klub bor yo'g'i 64 million evro sarfladi. Milanliklar "Atalanta", "Yuventus", "Napoli" va "Milan"dan kamroq summa ishlatdi.



Avvallari argentinalik Romelu Lukaku bilan birgalikda harakat qilgan va yaxshi o'yin ko'rsatardi. Belgiyalik ketgach, Martines ham yo'qolib qolishini taxmin qilganlar ham bo'lgandi. Lekin "neradzurri"ning omadi bu borada ham chopdi – Markus Tyuram erkin agent sifatida jamoa safiga kelib qo'shildi. Forvardlar tezda til topisha oldi va 6-turdan keyin Lautaro 5 ta goli bilan A Seriya to'purarlari jadvalida yakka etakchi bo'lib turibdi.

Bungacha futbolchi yaxshi statistikasi bilan ham CHiro Immobile, Dushan Vlaxovich va Viktor Osimxen singari futbolchilar soyasida qolib ketayotgandi. Ammo bu mavsum startida Martinesning davri kelganga o'xshamoqda.


"Sassuolo" to'purarlari sensaciyaga umid bermoqda

Martines, Keza, Vlaxovich va Jiru – jahon darajasidagi futbolchilar va ularning to'purarlar poygasida TOP-5ga kirgani hech kimni ajablantirmasa kerak. Biroq kutilmagan nomzodlar deyarli doim topiladi. Avvalgi mavsumlarda Mbala Nzola, Bulaye Dia, Ademola Lukman, Jovanni Simeone va Temmi Abraxam kabi nomlarni uchratgandik. Ularning hech biri bir-ikki mavsumdan ko'p o'sha darajani ushlab tura olmadi (Lukman bundan mustasno – uning omadli mavsumi o'tgan yili bo'ldi).

Hozir 6 ta tur ortga qolgan bir pallada kuchli beshlikda "Sassuolo"ning bir yo'la ikki vakili ketmoqda: Andrea Pinamonti va Domeniko Berardi. Har ikki futbolchi hisobida 4 tadan gol bor. Etiborli jihati, Domeniko to'rt mavsumdan buyon 10 tadan ko'p gol urishni uddalamoqda. SHu sababli uning statistikasini nisbatan normal qabul qilishimiz mumkin – ammo Andreaning progressi (faqatgina 21/22-yilgi mavsumda "Empoli" safida 13 ta gol urgandi) chindan kutilmaganda yuz berdi.


A Seriyada gol tanqisligi

Bir qarashda Italiyada top-forvardlar etarli. "Roma" safida Romelu Lukaku bor, Lautaro Martines "Inter"da "yondirmoqda", "Yuventus"da esa Keza-Vlaxovich juftligi yuzaga kelgan, Neapoldagi Osimxen esa yaxshi formada bo'lsa, istalgan himoyaga bosh og'riq bo'la oladi. Biroq unda qanaqasiga oxirgi 5 mavsumda 30 ta gol marrasidan – faqatgina Krishtianu Ronaldu va CHiro Immobile o'tgan. Portugaliyalik o'shanda 30dan oshib ulgurgandi.


CHempionatda to'p tepayotgan futbolchilar yaqin yillarda bunday natijaga erisha olmasa ham kerak – Lautaro 20-21 ta gol oralig'ida, qolganlar esa undan ham orqaroqda. Ronaldu ligani tark etganiga ham ancha bo'ldi – hujumchilar cexidan esa faqatgina ikkinchi-uchinchi darajali futbolchilar chiqmoqda. Misol uchun o'sha Tyuram – strayker emas, ko'proq dispetcher. Lukaku va Jiru esa – A Seriyada o'zlarini APLdagidan erkinroq his qilsada, baribir yoshi o'tib bormoqda. Dibala esa Mourino tizimida muhim futbolchi bo'lsada, goleador emas.

Boshqa tomondan oladigan bo'lsak, o'zi Italiya chempionati falsafasi — azaldan top darajadagi hujumchilar emasdi. 10 yil avval ham umumiy vaziyat bugungi o'xshash edi. SHu sababli biroz omadi chopgan straykerning to'purarlik poygasida chinakamiga raqibi amalda bo'lmaydi. 


Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика