So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Mart oyida O'zbekiston - Qozog'iston o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi mumkin Yangiliklar

Mart oyida O'zbekiston - Qozog'iston o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi mumkin

O'zbekiston terma jamoasi 2020 yilning mart oyida Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.

Bu haqda "Kozhakhmet_inside" Telegram kanalida malum qilindi.

"Qozog'iston terma jamoasi 2007 yilda bir qator esda qolarli bahslar o'tkazgan, ularning orasidagi eng shov-shuvlisi Serbiya ustidan qozonilgan g'alaba edi.

O'sha paytlar liga va federaciya bitta tashkilot bo'lgan va terma jamoa qiziqishlari doirasida har qanday ishni bajarsa bo'lardi. Masalan, 14 kunlab yig'in o'tkazish. Serbiyaga qarshi bahsdan bir oy oldin SHimkentda "Alma-TV Kubogi" o'tkazildi. Unda Qozog'iston, O'zbekiston, Ozarbayjon va Qirg'iziston terma jamoalari ishtirok etgan. Turnir o'zbeklar ustidan qozonilgan "mojaroli" g'alaba bilan yakunlangan (bahs durang bilan tugagan, ammo turnirda biz yutganmiz). O'sha uchrashuvda qirg'izistonlik hakam janubdagi qo'shnilarimizni ochiqchasiga "o'ldirgan". O'sha o'yinda stadionda edim va hisob 1:1 paytida Anvar Soliev bizning jarima maydonchamiz ichida yiqitildi, biroq xushtak chalinmadi. Hammasi shunday keyin boshlandi! O'zbekiston terma jamoasi hakamlarga tashlanib qoldi, massajki ko'z o'ngimda laynsmenga zarba berdi. Umuman olganda, juda katta janjal bo'lgan.

O'yindan keyingi matbuot anjumaniga murabbiy o'rniga O'zbekiston futbol federaciyasi menejeri Alisher Nikimbaev kelgan va maydondagi vaziyat haqida "olovli" gaplarni aytib, quyidagicha bayonot bergan: O'zbekiston terma jamoasi endi hech qachon har qanday darajada Qozog'iston bilan o'ynamaydi. SHunday qilib, ikki mamlakat o'rtasidagi futbol munosabatlari yakuniga etgandi.

Mana, oradan 13 yil o'tdi, O'zbekiston va Qozog'iston o'sha mojaroli bahsdan so'ng o'zining ilk uchrashuvini o'tkazishi mumkin. Hozir ikkala federaciyalar bu borada muzokaralar o'tkazishmoqda. Uchrashuv mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilyapti, bahsga Toshkent mezbonlik qilishi mumkin.

Juda qiziq. Biz har sohada O'zbekiston bilan ashaddiy raqibmiz. SHu sababli ushbu o'yin katta qiziqishlarga sabab bo'lishi mumkin" - deyiladi "Kozhakhmet_inside" kanalida.


Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida ushbu malumotga fikr bildirdi.

"Aniqlik kiritmoqchiman:

1. O'sha o'yinda mag'lub bo'lmaganmiz, durang qayd etilgan.

2. Men Qozog'iston bilan boshqa o'ynamaymiz demaganman. Munosabat o'zgarmagunicha uchrashuv o'tkazmaymiz deganman. CHunki "Alma-TV Kubogi"da sodir bo'lgani birinchi bunday voqea emasdi.

3. Qozog'istonga qarshi bahsdan oldin o'sha paytdagi QFF rahbarlaridan biri, sobiq hakam Aleksandr Kulakov meni referilar xonasiga taklif qildi va hakamlardan uchrashuvni halol boshqarishni so'radi. Ularning tushunchasi bo'yicha "halol" shunday bo'lsa kerak.

4. Umuman olganda, o'sha bahsni ozarbayjonlik hakamlar brigadasi boshqarishi kerak edi, ammo tashkilotchilar Dmitriy Mashencev boshchiligidagi arbitrlarni tayinlashdi. Bu qaror nafaqat bizni, balki Ozarbayjon va Qirg'iziston delegaciyasini (Mashencevdan tashqari) ham g'azablantirdi.

5. O'sha voqea uchun shaxsan meni mukofot pulidan ayirishdi.


Mart oyida Toshkentda o'tkaziladigan bahs haqida to'xtalsak. Nega endi yo'q? QFFning o'sha rahbarlari hozir futbolda emas, mamlakatlar va federaciyalar o'rtasidagi munosabat yaxshi tomonga o'zgargan. Uchrashuv o'tkazib, kim kuchliroq ekanini aniqlash vaqti keldi" - deb yozadi Nikimbaev.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика