Marsyal "Manchester Siti"ga qarshi bahsda qatnashmasligi mumkin
05 dek 2019 20:45
Yangiliklar


Marsyal "Manchester Siti"ga qarshi bahsda qatnashmasligi mumkin
"Manchester Yunayted" forvardi Antoni Marsyal APLning 16-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi mushaklaridan olgan jarohati sababli ayni damda lazaretda bo'lib turibdi. SHu boisdan u oldindagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi xavfi bor.
Eslatib o'tamiz, Manchester derbisi 7 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Ushbu mavsumda Marsyal APLning 9 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar