Marselo: “Oxirigacha “Real”da qolaman”

6 sen 2018, 08:20
Marselo madridliklar safini tark etmasligini bildirdi.

“Men Madridda baxtliman. Odamlar meni qanday holatda ekanligimni yaxshi biladi: ko'p yillik shartnomam bor va bu yerda ekanligimdan juda baxtliman. Bu men uchun dunyodagi eng zo'r klub va men doim uning uchun to'p surishni xohlayman. “Real”da ko'p yillar to'p surishni istardim. Hozir men o'zim haqimda 18 yoshda bo'lgan paytimga qaraganda ko'proq qayg'uraman. Bu oydek ravshan. Ijtimoiy tarmoqlar o'zim haqimda yozilgan bemani narsalarni guvohi bo'laman, biroq har safar maydonga 18 yoshli Viniciusdek tushib kelaman. Men “Real”da oxirigacha qolaman”,-deydi Marselo.

Avvalroq, Marseloning jamoadan kyetib, “Yuventus”ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS