So’nggi yangiliklar

02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  22 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Marselo Koelo : "Biz oddiy jamoa emas, Yaponiya bilan o'ynadik" Yangiliklar

Marselo Koelo : "Biz oddiy jamoa emas, Yaponiya bilan o'ynadik"

Osiyo chempionati 2-turidan o'rin olgan Malayziya - Yaponiya uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Malayziya bosh murabbiyi Marselo Koelo ishtirok etdi.

“Biz ikki xil taym o'tkazdik. Birinchi bo'limda Yaponiya Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanini ko'rsatdi va 10ta gol urib buni isbotladi. Birinchi bo'limda bunchalik bo'lishini kutmagandik. Tanaffus vaqtida imkon qadar kamroq gol o'tkazish kerakligini aytdim. Ikkinchi bo'limda jamoam bu narsani uddalashga harakat qildi. Bugun biz Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik”,  - deydi Marselo Koelo.  

- Birinchi bo'limda qor parchalariga o'xshab sochilib ketdi. SHundaymi?
- Albatta bu to'g'ri fikr. O'yin boshidagi rejalarimiz butkul parchalanib ketdi. Yaponiya ikki xil o'yin ko'rsatdi. Qatar bilan bahsda bittagina gol urgandi, bugun esa 11ta.

- Jamoaingiz yirik hisobda yutqazdi lekin shunday bo'lsa ham shogirdlaringiz o'yinida ijobiy jihat ko'rdingizmi?
- Birinchi navbatda jamoamning oxirigacha kurash olib borgani. Yaponiya ilk daqiqalardan qanday vajohat bilan maydonga tushganini ko'rdik. SHogirdlarim to'pni tepib yuborib sarosimaga tushib qolishmadi. 3-4 ta gol urish imkoniyati ham bo'ldi.

- Bugun o'yindan oldin bergan intervyuingiz chog'ida shogirdlarim o'yinga ruhan tayyor deb aytgandingiz. Hisob 1:11 bo'ldi, balki ularni ruhan tayyorlay olmagandirsiz?

- Bazan ruhan tayyorgarlik kuchli bo'lsa ham o'ylagan hamma narsa ham amalga oshavermaydi. Birinchi taymda raqib 10ta gol urdi, ikkinchi bo'limda 1ta. Futzalchilarim ruhiy jihatdan tayyor edi, biz o'rtamiyona emas juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadik.



Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика