Marselo jarohat oldi

24 okt 2018, 07:49
“Real” himoyachisi Marselo YCHL 3-turida “Viktoriya”ga qarshi bahsda jarohat oldi.

O'yin so'ngida Marselo jarohat olib maydonni tark etdi. Uchinchi o'zgarishdan foydalanib bo'lingani sabab “Real”o'yinni bir kishi kam bo'lib yakunladi. Futbolchining jarohati qay darajada ekanligi haqida hali klub rasmiy bayonot berganicha yo'q.

Eslatib o'tish joiz, “Real” yakshanba kuni “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia