"Marsel"ning sobiq prezidenti vafot etdi
03 okt 2021 18:40
Yangiliklar
"Marsel"ning sobiq prezidenti vafot etdi
2017 yildan buyon u oshqozon saratoniga qarshi kurashib kelayotgandi. So'nggi oylarda uning salomatligi ancha yomonlashgandi.
"Tapi doimo marselliklarning yuragida qoladi. U bir umr klubning afsonasi bo'laveradi. Uning yaqinlariga taziya bildiramiz", - deb yoziladi klub bayonotida.
Tapi 1986-1994 yillar davomida "Marsel" klubi prezidenti bo'lib ishladi. Ushbu davr mobaynida klub 4 marta Franciya chempioni bo'ldi. SHuningdek, 1993 yilda ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
1990-93 yillar davomida u "Adidas"ga ham rahbarlik qildi.
1990 yillar o'rtasida u kelishilgan o'yinlarni tashkil qilish bilan ayblanib, qamoq jazosiga tayinlandi va o'shanda "Marsel"ning 1992/93 yilgi chempionligi olib qo'yilib, jamoa ikkinchi divizionga tushirib yuborilgandi.
Fikrlar