“Marsel” CHempionlar ligasi guruh bosqichini ochkosiz tark etgan birinchi francuz klubi bo'ldi
12 dek 2013 15:10
Yangiliklar


“Marsel” CHempionlar ligasi guruh bosqichini ochkosiz tark etgan birinchi francuz klubi bo'ldi
“Marsel” CHempionlar ligasi 6-tur guruh bosqichi doirasida dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda mag'lubiyatga uchradi (1:2).
SHunday qilib, francuz klubi CHempionlar ligasi guruh bosqichida o'tkazgan olti o'yinda ham mag'lubiyatga uchrab, birorta ham ochkoni qo'lga kirita olmadi.
Marselliklar bunday natijani ko'rsatgan birinchi francuz klubi bo'lishdi.
Guruh bosqichi doirasida “Marsel” beshta gol urib, 14 ta gol o'tkazib yuborgan.

Fikrlar