"Marsel" Ben Arfa bilan shartnoma imzolashi mumkin
07 iyu 2021 12:10
Yangiliklar
"Marsel" Ben Arfa bilan shartnoma imzolashi mumkin
Tajribali xavbek Xatem Ben Arfa "Marsel"ga o'tishi mumkin.
Provansal klubi ustozi Xorxe Sampaolining shaxsan o'zi 34 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Xatem ayni damda erkin agent maqomida. Uning "Bordo" bilan tuzgan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum so'nggida yakunlangan edi.
Xavbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Xatem "Marsel"da oldinroq 2008-2010 yillar davomida harakat qilgan.
Fikrlar