Marokash terma jamoasi darvozaboni sirli ravishda g'oyib bo'ldi. Buning sababi malum
27 noy 2022 19:07
Yangiliklar
Marokash terma jamoasi darvozaboni sirli ravishda g'oyib bo'ldi. Buning sababi malum
Belgiya va Marokash uchrashuvidan oldin g'alati holat ro'y berdi.
Marokash asosiy posboni Yassin Bunu maydonga tushib keldi va jamoadoshlari bilan birga madhiyani ham aytdi.
Keyin esa... uchrashuvni zaxira posboni Munir boshladi. FIFA ham hech qanday o'zgarish haqida elon qilgani yo'q.
Championat.asia saytining stadionda bo'lib turgan muxbiri marokashlik jurnalistlardan malumot oldi. Yassin Bunu madhiyani kuylab bo'lgach qornida og'riq sezgan va tezda bir xonaga borishga majbur bo'lgan. Murabbiylarda uning o'rniga zaxira posbonini tushirishdan boshqa chora qolmaydi. Ana shunaqa...
Fikrlar