

"Hakam bo'lish oson ish emas. Buni oldin ham aytib o'tgandim. Sariq kartochkalar borasida gapiradigan bo'lsam, bularning ayrimlariga loyiq edik, bazilariga esa yo'q. Pike ikki oyog'i bilan bizning futbolchimizga tashlanganida unga sariq kartochka berilmaganidan jahlim chiqdi. Biroq bu kerakli aspekt emas. Bu borada hakamni tanqid qilmayman.
Biz 20 yildan so'ng jahon chempionatiga qaytdik. Shunda ham dunyoning eng kuchli ikki termasi bilan qanday o'yin ko'rsatish kerakligini namoyish etdik. Marokash termasi maqtovlarga loyiq darajada o'yin ko'rsatdi", - dedi Renar.



