Markos Lorente “Enfild”da kiygan futbolkasini aukcionga qo'ydi
11 apr 2020 20:50
Yangiliklar


Markos Lorente “Enfild”da kiygan futbolkasini aukcionga qo'ydi
Undan tushgan mablag' esa xayriya fondiga o'tkazib beriladi.
“Atletiko” yarim himoyachisi CHempionlar Ligasi joriy mavsumining 1/8 finali doirasida “Liverpul”ga qarshi javob bahsida (3:2) kiyib tushgan futbolkasini kim oshdi savdosiga qo'yishga qaror qilgan. Lorente o'sha bellashuvda dublga erishib, jamoasining keyingi bosqichga yo'l olishi uchun katta hissa qo'shgandi.
Ayni vaqt uning narxi 75 evrodan 1520 evrogacha ko'tarildi. Aukcion yakuniga esa bir sutkadan kamroq vaqt qoldi.
O’xshash yangiliklar
16:58
Turkiyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagan Arda Turan "Shaxtyor" bosh murabbiyiga aylandi 0

Fikrlar