Marko Milichkovich "Metallurg"da o'ynaydi
23 dek 2023 16:50
Yangiliklar
Marko Milichkovich "Metallurg"da o'ynaydi
Bekobodning "Metallurg" klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibiga chernogoriyalik hujumkor yarim himoyachini qo'shib olmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Metallurg" 25 yoshli Marko Milichkovich bilan shartnoma tuzishga yaqin.
1998 yil 31 mart kuni Podgorica shahrida tug'ilgan futbolchining so'nggi jamoasi Litvaning "Jalgiris" klubi bo'ldi.
Milichkovich bugunga qadar klub futboli miqiyosida 219ta o'yinda maydonga tushib 38ta gol urdi va 12ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portaliga ko'ra, uning transfer narxi 375 ming evroni tashkil etadi. Agar Milichkovich "Metallurg"ga o'tsa, Bekobod klubining eng qimmat futbolchisiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar