So’nggi yangiliklar

16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  2 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  2 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   13 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  2 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  4 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  2 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  6

Marko Kolakovich: "Buxoro" uchun uydami yoki mehmonda o'ynashning ahamiyati yo'q" Yangiliklar

Marko Kolakovich: "Buxoro" uchun uydami yoki mehmonda o'ynashning ahamiyati yo'q"

Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" o'tgan mavsumda Superligada so'nggi o'rinlarni egallab Pro ligaga ravona bo'lgandi.

"Ko'hna shahar" jamoasi bu yil o'z oldiga yana elitaga qaytish vazifasini qo'ygan. Pro liganing 5 ta turidan so'ng klub 3 ta durang va 2 g'alaba bilan 4-o'rinda ketmoqda. So'nggi turda Bakaev shogirdlari Toshkentda "Mashal" bilan durangga imzo chekishdi. O'yindan so'ng jamoaning serbiyalik himoyachisi Marko Kolakovichning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Mashal" bilan o'yin qanchalik murakkab kechdi?

- Bizni qiyin uchrashuv kutib turganini bilgandik, chunki Pro ligada oson raqib yo'q. Foydalanishimiz kerak bo'lgan vaziyatlada omadimiz kelmadi. Bu bizning keyingi uchrashuvlarda to'g'irlashimiz kerak bo'lgan asosiy muammoyimiz hisoblanadi. Oldimizdagi vazifani bajarish uchun ko'proq ochko jamg'arishimiz lozim. 

- Birinchi davra yakuniga qadar "Aral" va "Olimpik Mobiuz" bilan o'yinlar qoldi. Bu uchrashuvlar nisbatan engilroq o'tadimi?

- Hali bu jamoalar bilan to'qnash kelganimiz yo'q. Umuman olganda har bir raqibga hurmat bilan qarashimiz kerak. Hamma jamoa o'ziga yarasha kuchli. Lekin "Qo'qon-1912" va "Mashal" o'zlarining kuchli tomonlarini ko'rsata olishyapti. Aytishim mumkinki, O'zbekistonda har bir ligadagi bahslar qiziqarli kurashlarga boy tarzda o'tadi. 

- Jamoa 2 ta g'alabasini ham mehmonda qo'lga kiritdi...

- Natijalar barchasini ko'rsatib turibdi. Uyga qaraganda biz safarda yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqdamiz. Murabbiyimiz o'yindan keyin aytganlaridek biz barcha o'yinlarni safarda o'tkazyapmiz. SHuning uchun buning ahamiyati yo'q. Jamoamiz yangi tuzilgan. O'tgan yilgi tarkibdan 3-4 nafar futbolchi qolgan. Barcha bir-biriga o'rganishi uchun vaqt kerak. Xavotirli joyi yo'q. Muxlislarga bir narsani vada qilaman. Qolgan bellashuvlarda bor kuchimizni va mahoratimizni ishga solamiz. Ochko yo'qotishimiz qimmatga tushadi. 

- Qishki transferlar vaqtida "Buxoro"ga o'tishingizda murabbiy faktori muhim rol o'ynadimi?

- Ulug'bek Bakaev bilan birga to'rtinchi mavsum birga ishlamoqdaman. Uning qishda menga yuborgan taklifini rad qila olmasdim. Bakaev ham murabbiy, ham inson sifatida hurmatga sazovor. Birga ishlash yoqimli. Bundan juda xursandman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика