Mark Roka "Bavariya"dan ketmoqchi emas
25 mar 2021 00:55
Yangiliklar
Mark Roka "Bavariya"dan ketmoqchi emas
Bu haqda futbolchining agenti Goal.com saytiga bergan intervyusida malum qildi.

"Mark "Bavariya"dan ketish g'oyasini qo'llab-quvvatlamaydi va "Bavariya"dagilar mavsum tugagandan so'ng Markni sotmoqchi ekanliklarini aytishmadi.
Albatta, har bir futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi. Ammo Mark "Bavariya"ga oktyabrda kelganligini unutmasligingiz lozim. Hozir ketishni muhokama qilish bemanilik bo'lar edi.
Markning "Bavariya" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomasi bor. U besh oydan keyin taslim bo'ladigan yigit emas. U o'z o'rni uchun kurashadigan shaxs", – dedi Kristian Vayn.
Eslatib o'tamiz, Roka "Bavariya"ga Ispaniyaning "Espanol" jamoasidan 9 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. U ushbu mavsumda myunxenliklar safida barcha turnirlarda 10 ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar