Mario Balotelli: "To'g'risini aytsam, bugungi kunim bilan yashayman"
21 noy 2013 14:20
Yangiliklar


Mario Balotelli: "To'g'risini aytsam, bugungi kunim bilan yashayman"
"Milan" hujumchisi Mario Balotelli kelajak haqidagi taxminlardan o'zini tiyishini aytib, hozir uni barchasi qoniqtirayotganini takidladi.
"To'g'risini aytganda, men bugungi kun bilan yashayman. Kelajak haqida ko'p ham taxminlar, rejalar qilavermayman. Hozirgi vaqtda meni "Milan"da barchasi qoniqtiryapti. Yozda nima bo'lishi haqida berilgan savollarga esa hozir javobim yo'q. Ishonamanki, yaqinda yana gollar urishni boshlayman va men tomon tanqidlar biroz kamayadi", deya hujumchi so'zlaridan "Sky Sport Italia" iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar