Mariano: "Ko'pchilik menga "Real"da 7-raqamni olma deyishgan edi"
13 sen 2018 11:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453129_original.jpg)
![](/upload/storage/453129_220.jpg)
Mariano: "Ko'pchilik menga "Real"da 7-raqamni olma deyishgan edi"
"Real" hujumchisi Mariano Dias nega 7-raqamni olgani haqida gapirib berdi.
"To'g'ri, "Real"da 7 - o'zgacha raqam. Ammo u bo'sh edi va bu menga yoqadigan son, buning ustiga o'zim uchun chaqiruv. Uni olganimdan xursandman, chunki bu raqamda mengacha Butrageno, Raul va Ronaldu o'ynashgan.
Ko'pchilik menga "Real"da 7-raqamni olma deyishgan edi, biroq bu haqida o'ylayotganim yo'q. O'yin vaqtidan rohat olish uchun bor kuchim bilan ishlamoqchiman" - deydi Mariano.
Eslatib o'tamiz, 2009-2018 yillar davomida 7-raqam hujumchi Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Portugaliyalik joriy mavsum oldidan 112 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar