Mareska "Chelsi"ning "Barselona"ga qarshi o'yini haqida: "Hujum va himoya o'rtasida to'g'ri muvozanatni topishimiz kerak"
25 noy 19:45
Yangiliklar
Mareska "Chelsi"ning "Barselona"ga qarshi o'yini haqida: "Hujum va himoya o'rtasida to'g'ri muvozanatni topishimiz kerak"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska Chempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan bir qator savollarga javob berdi.
"Bu muhim hafta. "Barselona"ga qarshi o'yin va yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi Premer-liga o'yini turli sabablarga ko'ra muhim, ammo biz har bir o'yinga alohida yondashishimiz zarur.
"Barselona"ning yuqori himoya chizig'i — muhim omil, ammo biz to'psiz ham ehtiyot bo'lib o'ynashimiz lozim. Ular har doim ko'p imkoniyatlar yaratadi va gol uradi. Biz hujum va himoya o'rtasida to'g'ri muvozanatni topishimiz kerak", – dedi Mareska.
"Chelsi" maydonidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar