Marca: Keyn – Realning asosiy transfer maqsadi
04 iyu 2023 09:55
Yangiliklar
Marca: Keyn – Realning asosiy transfer maqsadi
Marca xabariga ko'ra, Angliya milliy jamoasi sardori madridliklarning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy transfer nishoniga aylangan. Klub Karim Benzema va Xoselu keyingi mavsum tarkibda bo'lsa ham, bu etarli emas deb hisoblamoqda. SHu bois «to'qqizlik» nuqtasi uchun Keynni taklif etmoqchi.
Qayd etilishicha, Karlo Anchelottining klub rahbarlari Florentino Peres va «Real» direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashuvida Harri Keyn asosiy transfer maqsad sifatida muhokama qilingan.
Avvalroq, «Tottenhem» Keynni APL klublariga transfer qilmasligi, xorijdan taklif tushsa, Harri uchun 100 million evro so'ralishi haqida xabar qilingan edi.
Malumot uchun, 30 yoshli angliyalik forvard joriy mavsum APLdagi 38 o'yinda 30ta gol va 3ta assistga mualliflik qildi.
Fikrlar