Marat Miftaxutdinov: "2 metrdan qanday qilib gol ura olmaslik mumkin?"
22 mar 2015 18:14
Yangiliklar

Marat Miftaxutdinov: "2 metrdan qanday qilib gol ura olmaslik mumkin?"
"Lokomotiv" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Marat Miftaxutdinov ishtirok etdi.
"Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. To'p qanday darvozaga kirmagani tushunmay qoldim", - deb gap boshladi Miftaxutdinov.
- Vadim Abramovning yo'qligi jamoaga tasir qildimi?
- O'yinni ko'rdinglar, jamoa uning uchun ham o'ynadi. Aytganimdek vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga pand berdi.
- Vaziyatlardan foydalana olmaslik nima bilan bog'liq?
- Balki futbolchilar shoshishgandir, ortiqcha hayajon tufaylidir balki. 2 metrdan qanday darvozaga gol ura olmaslik mumkin hayronman.
- "Neftchi"dan qanday o'yin kutgandingiz?
- Ular asosan qarshi hujumda o'ynashga urinishdi. Uchta hujumchini maydonga tushirishdi. Uzun paslar ko'p bo'ldi. Bizdan omad yuz o'girdi.
- Mamur Ikromov 2:6dan so'ng bugun ham bir nechta xatolarga yo'l qo'ydi.
- U himoyachilarni xatosini to'g'rilash uchun xatoga yo'l qo'ydi. Darvozabonimiz vaziyatni to'g'ri baholay olmadi. Boshqa xatolarga yo'l qo'ymadi deb o'ylayman.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar