Marat Bikmaev: “Jarohat olgan paytingda, seni qo'llab-quvvatlashlari hamisha yoqimli”
17 jan 2014 20:00
Yangiliklar
Marat Bikmaev: “Jarohat olgan paytingda, seni qo'llab-quvvatlashlari hamisha yoqimli”
Jarohat futbolchining asosiy dushmani bo'ladi deyishadi. Darhaqiqat, millionlar o'yinida hech bir futbolchi jarohatdan kafolatlanmagan.
Ilgari kelajagi porloq o'yinchi sifatida etirof etilgan Marat Bikmaevni ham og'ir jarohatlar bezitib yubordi. O'tgan yili chap oyog'i qattiq shikstlanib, ko'p vaqtini davolanish bilan o'tkazib yuborgan Bikmaev ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi. Katta extimol bilan Marat sentyabr oyida maydonga qaytadi. Lekin shunga qaramay, Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Marat bilan o'tgan o'zaro suhbatimiz chog'ida, “temiryo'lchilar”dan kelib tushgan taklif kutilmaganda yuz berganini, bunday qo'llab-quvvatlashdan bag'oyat xursand bo'lganini aytib o'tdi. Bunga javoban Bikmaev ham oyoqqa turib olgach, “Loko”ni xalqaro maydonlarda ham yutuqlarga erishishi uchun bor kuchini ishga solishini aytdi. Keling qolganini uning o'zidan eshitamiz.
- Marat, sog'ligingiz yaxshimi? Uyda o'tirib, zerikib qolmayapsizmi?
- Yaratganga shukur keltiraman. Hammasi yaxshi. Uyda, oilam davrasida dam olish bilan kunni o'tkazyapman. SHuningdek ayrim yumushlar deganlaridek... Oldimda yana bitta operaciya turibdi. Nasib qilsa aprel oyida yana Germaniyaga borib kelaman. O'tgan yili noyabrda Germaniyada operaciya qilinishi kerak bo'lgan oyog'imni ko'rsatib qaytgandim. Oliy toifali shifokorlar operaciya vaqtigacha, ayrim muolajalarni qilishgandi. Xudo xohlasa kelgusidagi hal qiluvchi operaciya ham ijobiy o'tsa, men uchun hammasi yaxshi bo'lib ketadi deb umid qilaman.
- Jarohatga yo'liqqaningizni eshitdik. Bu haqda o'qidik ham. Lekin qarshi bo'lmasangiz, buni yaxshisi o'zingizdan eshitsak?
- Mayli. 2013 yilning may oyida Qozog'iston chempionati doirasida, biz Kustanoyning “Tobol” klubiga qarshi o'ynagandik. Aynan mazkur uchrashuv men uchun omadsiz yakun topdi. Jiddiy jarohatga yo'liqqach, oyog'imni malakali shifokorlarga ko'rsatib kelish uchun Moskvani tanladim. Afsuski bu shoshilinch qaror, o'zini oqlamadi. Sababi u erga men birinchi navbatda faqat jarohatlangan oyog'imni qo'rsatib, maslahat olish maqsadida borgandim. Lekin u erdagi shifokorlar operaciya qilinishi shart deyishdi. Rozi bo'ldim. SHundan keyin oradan malum vaqt o'tdi. Aniqrog'i oktyabr, noyabr oyidan yana mashg'ulot o'tkazishni boshladim. CHempionatning oxirgi ikki turida ishtirok etdim. Eng so'nggi bahsda, “Ordabasi”ga qarshi kechgan o'yinda afsuski yana jarohatga yo'liqdim. Vaziyatlarning birida kutilmaganda, maydonga noqulay xolatda quladim va o'sha eski jarohat yana takrorlandi. Yangilab olganimdan so'ng, og'riq kuchaya boshladi. Bilsangiz, sportchilar og'ir jarohatlarga duch kelganida, jiddiy operaciyalarni Germaniyada o'tkazishadi. Men ham oxiri Germaniyaga borib, shifokorlar tekshiruvidan o'tishga qaror qildim. U erga borganimda, menga aytishdiki, Moskvada o'tgan operaciya noto'g'ri qilingan. Ruslar aniq tashxis qo'ya olmagan bo'lib chiqdi. Haqiqatdan ham shunday bo'lganini o'zim ham xis etdim. CHunki operaciyadan keyin, oyog'im to'liq bukilmasdi. Natijada Germaniyada yana eski jarohatni boshqatdan operaciyaga tayyorlashdi. Oyog'imning jarohatlangan joyini, tozalashib, aprelda yana kelishimni aytdi. Germaniyalik shifokorlarning operaciyasidan so'ng, o'sha jarohatlangan sportchi boshqa qaytib ularning huzuriga bormaydi. Nemislar o'sha sportchini oyoqqa turib ketishi uchun oxirigacha birga bo'ladi. Ularda doimo sifatli xizmat. SHuning uchun ham aynan Germaniyada operaciya qildirishga qaror qildim.
- Germaniya variantini sizga kim taklif qildi?
- Bilasizmi, birinchi operaciyani ham aslida Germaniyada qildirishim kerak edi. Ammo jarohat olgan paytim, shoshilinch xulosaga keldim. Yani Qozog'istondagi shifokorlarga murojaat qildim, keyinchalik Toshkentga kelib ham bu borada professorlarga uchradim. Lekin ularning birortasidan aniq bir fikr chiqmadi. SHunda darhol, Moskvaga borishni maqul ko'rdim. U erda ham boribgina operaciya qildiraman degan niyat yo'q edi. Lekin rus shifokorlari, operaciya qilinishi kerak deyishdi. SHu paytga kelib, ikki oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborgandim. Agarda Toshkentga qaytib, Germaniyaga viza tayyorlaydigan bo'lsam, yana bir necha oy o'tardi. Vaqtdan yutqazmaslik maqsadida Moskvada operaciya stoliga yotishga qaror qildim. Bundan hozir o'zim pushaymondaman. Noyabr oyida Germaniyaga borganimda, qorin qismining pastki tomonidan joylashgan suyaklar bo'lar ekan, aynan o'sha suyaklarni olib, muolajalar qilishdi. Bu to'r oy davomida bitib, yaxshi bo'lib ketadi deyishdi. SHu bois endi hal qiluvchi operaciya aprelda bo'lib o'tadi.
- Safar harajatlarini “Aktobe” ko'targanmi?
- Birinchi operaciyaga klubdan moddiy yordamlar bo'ldi. Ammo ikkinchi bor, chetga chiqishim, o'zimning hisobimdan bo'ldi. Dekabrda Germaniyaga ketayotganda, rosti, klub rahbarlaridan yordam so'ramadim va o'zim uchun harajatlarni o'zim qildim. Qolaversa “Lokomotiv” ham bu borada menga katta yordam berib yubordi. Bu jamoa menga kelajakda klubga foyda kelitirishim uchun , operaciya harajatlariga amaliy yordam berdi.
- Nahotki, “Aktobe”dan etarlicha qo'llab-quvvatlanish bo'lmagan?
- Aytishadi-ku, jarohatga uchraganingdan keyin hech kimga kerak bo'lmay qolasan deb. “Aktobe” bilan ham go'yoki shunday bo'ldi. Klubdagi futbolchilar bilan munosabatim alo darajada, ular imkon qadar mendan xol axvol so'rab turishadi. Ammo rahbariyatdan bu borada sado chiqmadi. Klubda yo'qmisan, demak, umuman yo'qsan qabilida. Amalda shartnomam borligi uchun oylik maoshlarni to'lashdi.
- Bunday og'ir paytda, “Lokomotiv”dan taklif bo'lishi, siz uchun syurpriz bo'ldimi?
- Ha, “temiryo'lchilar”ning chorlovini sira kutmagandim. Bu yil asosiy etiborni sog'ligimga qaratib, tiklanishim kerakligi haqida o'ylab yurgandim. Ammo “Lokomotiv” vakillarining taklifi, meni ruhiy tomondan ham anchagina ko'nglimni ko'tarib yubordi. Har tomonlama qo'llab-quvvatlashdi. Ular oddiy qilib aytganda, menga nisbatan odamgarchilik qildi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Jamoa bilan shartnoma imzolagach, butun fikru zikrimni “Loko”ga qaratdim. Endi oyoqqa turib olgach, bildirilgan ishonchni oqlashga xarakat qilaman.
- Bu tashabbus kimdan chiqdi?
- Klub rahbariyatidan. Kezi kelganda, ularga ming bor rahmat aytaman. Jamoaning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishi uchun men ham hissamni qo'shishga bor kuchimni sarflayman.
- Tahminan ikkinchi davradan yangi jamoangizga yordam berishingiz mumkin bo'ladi. To'g'rimi?
- Bi narsa deyish qiyin. Avval operaciyani ko'ngildagidek o'tkazib olaylik. Keyin shunga qarab aytish mumkin. Aprelda operaciya qilingach, may, iyun oyida shifokorlar nazoratidan o'tish uchun yana Germaniyaga borib kelaman. Menimcha sentyabr oyidan individual shug'ullanishni boshlayman. Yana kim biladi deysiz. Aslida operaciyadan keyin olti oy vaqt o'tgach, yana futbol o'ynash mumkin deb yozilgan. Qolganini vaqt ko'rsatadi.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar