Marat Bikmaev O'zbekiston chempionatida 100 lik dovonni zabt etdi
07 noy 2022 16:35
Yangiliklar
Marat Bikmaev O'zbekiston chempionatida 100 lik dovonni zabt etdi
"Dinamo" tajribali hujumchisi Marat Bikmaev O'zbekiston chempionati tarixidan joy oldi.
2002 yilda O'zbekiston Oliy ligasida debyut qilgan hujumchi bugun Coca Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Surxon" bilan bahsda o'zining chempionatdagi 99, 100 va 101-gollarini urdi.
Bikmaev 101 ta to'pni "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Dinamo" klublari safida kiritdi.
Futbolchi 2018 yilda "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylangan edi.
Malumot o'rnida, Gennadiy Krasnickiy klubi o'z faoliyati davomida o'zbek futbolida 100 va undan ortiq gol urgan futbolchilarning ramziy jamoasidir. Unga O'zbekiston chempionati, mamlakat kubogi, xorij chempionatlari va xalqaro maydonda 100 dan oshiq gol urgan futbolchilar kiritiladi.
Fikrlar